Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari T.Sidikovning O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-445-son Qonunida belgilangan vazifalar yuzasidan axboroti eshitildi.
Shuningdek, mazkur Qonunda belgilangan vazifalarga tizimda to‘liq amal qilinishi hamda muntazam ravishda xodimlarga tushuntirib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati