13/11/2024

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminar yig‘ilishida boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

 

Seminar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Qarorida belgilangan vazifalar muhokama etildi.

 Seminar yig‘ilishida Qarorda belgilangan vazifalar to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi, shuningdek, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech