Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi, xo‘jalik yuritish jarayonida yuridik shaxs huquqiga ega xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
2024-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra qishloq, o‘rmon va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 2 603 tani tashkil etmoqda.
Hududlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning eng ko‘p qismi Nurobod (14,5 foiz), Samarqand (11,5 foiz) va Kattaqo‘rg‘on (11,4 foiz) tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati