2025-yilning yanvar-mart oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,8 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 19,0 %), sanoatda – 105,0 % (17,7%), qurilishda – 106,8 % (5,7 %), xizmatlar sohasida – 107,3 % ni (57,6 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 112,9 % (17,3 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 116,4 % (9,9 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 101,9 % dan (30,4 %) iborat bo‘ldi.
Axborot xizmati