30/04/2025

    2025-yilning yanvar-mart oylarida hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Urgut (896,1 mlrd so‘m), Ishtixon (624,9 mlrd so‘m), Toyloq (620,9 mlrd so‘m), Pastdarg‘om (566,1 mlrd so‘m), Samarqand (532,7 mlrd so‘m) va Oqdaryo (490,7 mlrd so‘m) tamanlarida qayd etildi.

    Aksincha, kam hajmga ega hududlarga Kattaqo‘rg‘on shahri (25,2 mlrd so‘m), Samarqand shahri (31,0 mlrd so‘m) va Narpay tumanini (271,4 mlrd so‘m) keltirib o‘tish mumkin.

    Hududlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati tahlil qilinganda, yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand (114,0 %), Jomboy (106,4 %), Oqdaryo (104,9 %), Narpay (104,7 %) va Samarqand shahar (104,6 %) tumanlarida qayd etildi.

    Boshqa hududlarga nisbatan Urgut (100,6 %), Paxtachi (101,7 %), Qo‘shrabot (102,4 %), Ishtixon (102,5 %) va Bulung‘ur (102,7 %) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech