2025-yilning yanvar-mart oylarida import hajmi 564,6 mln AQSH dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,0 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (28,4 %) hamda sanoat tovarlari (21,8 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oyida import qilingan tovarlar hajmi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 mln AQSH dollariga ko‘paydi va 563,1 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1,5 mln AQSH dollariga yetdi.
Axborot xizmati