Yurtimizning eng ulugʻ va eng aziz bayramlaridan biri sanalmish, sharqona qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning timsoli boʻlgan 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ni keng nishonlash maqsadida Samarqand viloyati statistika boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich ochib barchani bayram bilan tabriklarkan, 9-may umumxalq bayrami ekanligi, yurtimizda 1999-yildan boshlab esa “Xotira va Qadrlash kuni” sifatida nishonlanib kelinayotganligi, darhaqiqat, Mustaqil davlatning bayramlari ham xalq tabiati va anʼanalariga mos boʻlishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz vatandoshlar!
Axborot xizmati