Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 77,9 ming nafar Turkmaniston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkmaniston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 54 215 nafar
xizmat yuzasidan – 16 142 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 5 027 nafar
o‘qish – 1 848 nafar
tijorat – 556 nafar
davolanish – 106 nafar
Axborot xizmati