2025-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 455,2 tonna baliq (2024-yilning mos davriga nisbatan 0,8 foiz ko‘p) ovlandi.
O‘z navbatida, ovlangan baliqlarning 71,8 % fermer xo‘jaliklariga, 2,3 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 25,9 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelganligini qayd etish lozim.
Ovlangan baliq yillar kesimida, tonna:
2010-yil 81,0
2015-yil 1 839,0
2020-yil 12 725,1
2024-yil 19 876,3