04/06/2025

    Ro‘yxatga olishdan asosiy maqsad nima? 

  • Mamlakatda aholining soni, yoshi, jinsi, kasbi, yashash sharoitlari haqida to‘liq ma’lumot olish.
  • Davlatning sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha rejalarini to‘g‘ri tuzishga yordam berish.

     Aholi nima qilishi kerak?

     Ro‘yxatga oluvchi kelganda uni kutib oling, maxsus guvohnomasi bilan tanishing, savollariga ochiq va to‘g‘ri javob bering.

     Barcha oila a’zolaringiz haqida ma’lumot tayyorlab qo‘ying (ism, tug‘ilgan yil, pasport raqami)

     Faqat bir marta ro‘yxatga o‘ting – takror ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarni buzadi.

     Hech qanday to‘lov talab qilinmaydi – bu davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi.           

    E’tibor bering!

  • Siz bergan ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistika uchun ishlatiladi.

     Keling, jamiyat ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik!

     Kelajakni birga quraylik!

Axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech