05/06/2025

    2025-yilning 5-iyun kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi rahbariyati boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi bilan birgalikda muqaddas islom dinining ezgu gʻoyalarini, xalqimizning urf-odat, anʼanalari va qadriyatlarini oʻzida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Qurbon hayiti munosabati bilan boshqarmada faoliyat yuritib hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olishdi.

    Ziyorat davomida boshqarma rahbariyati tomonidan faxriylar muborak Qurbon hayiti bayrami bilan qutlanib, boshqarma hisobidan ularga turli oziq-ovqat hamda sovg‘alar ulashildi..

    Faxriylarimiz ziyoratdan xursand bo‘lishib yaratgandan yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimizga baxt-saodat, dasturxonlarimizga qut-baraka tilab shukrona kunga yetkazgani uchun duo qilishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech