Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdorining soʻnggi besh yildagi oʻzgarishi tahlil etilganida, 2025-yilning 1-choragida bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik sohasida ish haqi miqdori 11 317,2 ming soʻmni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 6 215,0 ming soʻmga oshganligi kuzatildi.
Shuningdek, soʻnggi besh yilda tashish va saqlash sohasida 7 150,6 ming soʻmga, axborot va aloqa sohasi boʻyicha ish haqi miqdori 6 771,9 ming soʻmga, yashash va ovqatlanish boʻyicha ish haqi miqdori 2 504,2 ming soʻmga, ta‟lim boʻyicha ish haqi miqdori 1 654,9 ming soʻmga, sag„liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 628,8 ming soʻmga koʻpayganligi kuzatildi.
Axborot xizmati