Viloyatimizda 2025-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 23,6 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 22,2 promilleni tashkil etdi. Tugʻilganlar soni joriy yilning yanvar-mart oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,5 ming nafarga kamaygan.
Yillar bo‘yicha tug‘ilish dinamikasi quyidagicha:
2015-yil — 88 649 nafar;
2020-yil — 101 414 nafar;
2021-yil — 110 455 nafar;
2022-yil — 111 505 nafar;
2023-yil — 113 986 nafar;
2024-yil — 110 865 nafar.
Axborot xizmati