26/06/2025

    2025-yil 1-iyun holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 725 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 13 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 712 tani tashkil qildi.

    2025-yilning yanvar-may oylarida umum ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 8 304,0 mlrd so‘mga yetib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 73,2 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech