Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 325,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 18 387 dona yengil avtomobil import qilingan. Ulardan 9 789 tasi elektromobillardir.
Oʻzbekistonga 2025-yilning 5 oyida eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 15 873 ta
Koreya Respublikasi – 1 882 ta
Xindiston – 168 ta
Yaponiya – 122 ta
AQSH – 82 ta
Boshqa davlatlar– 260 ta
Axborot xizmati