08/07/2025

   Samarqand viloyati jahonning 103 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (24,6 %), Rossiyada (24,1 %), Sloveniyada (8,3 %), Qozog‘istonda (5,9 %) va Turkiyada (4,3 %) qayd etilgan.

   Jumladan, Sloveniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yil yanvar may oylarida 24,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilning shu davrida 77,4  mln AQSH dollarini hamda 2025-yilning yanvar-may oylarida 122,8 mln AQSH dollariga yetgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech