2025- yilning yanvar-iyun oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,5 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 23,7 %), sanoatda – 106,8 % (18,0 %), qurilishda – 118,8 % (7,3 %), xizmatlar sohasida – 106,5 % ni (51,0 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 111,3 % (15,4 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 112,6 % (8,3 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,4 % dan (27,3 %) iborat bo‘ldi.
Axborot xizmati