07/08/2025

   Mamlakatimizda aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishonchli va xolis axborotni olish bugungi kunning eng muhim dolzarb masalalaridan biridir.

    Bugungi kunda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlarini amalga oshirish 2025-2026-yillarda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Aholini roʻyxatga olish natijalarini tayyorlash va eʼlon qilish ishlari 2026-2027-yillarga moʻljallanmoqda.

   Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish ishlari quyidagi yoʻnalishlarda tizimli davom ettirilmoqda:

   aholini roʻyxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;

   2021-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini roʻyxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;

   xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;

   “STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda roʻyxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;

   aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish.

   Shuningdek, statistika tizimida qishloq xoʻjaligi sohasida ham roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik koʻrmoqda. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etishda quyidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan:

   2024-2025-yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirishga doir uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

   2024-2025- yillarda 2022-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish savolnomalari shaklini takomillashtirish;

   2024-2025- yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish;

   2025-2026- yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

   2027-2028- yillarda Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

   Aholini roʻyxatga olish aholi soni, jinsi va yosh tarkibi, yashash sharoiti va migratsiyasining toʻliq tasvirini shakllantiradi.

   Birlashgan Millatlar Tashkiloti aholini kamida 10 yilda bir marta roʻyxatga olishni tavsiya qiladi. Aholini roʻyxatga olish milliy siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish, shuningdek, mamlakat rivojlanishini kuzatish uchun asosiy axborotlarni taqdim etadi…

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech