Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati 3,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 431 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 133 tonnaga oshgan.
2025-yilning dastlabki 6 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp kofe yetkazib bergan davlatlar:
Italiya – 125 tonna
Braziliya – 81 tonna
Vetnam – 39 tonna
Rossiya – 35 tonna
Germaniya – 31 tonna
Litva – 28 tonna
Axborot xizmati