Aholini ro'yxatga olish — bu davlat tomonidan muayyan hududda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar va aholining boshqa kategoriyalari haqida batafsil va tizimli ma'lumotlar yig‘ish jarayonidir. Ushbu jarayon doirasida har bir fuqaro yoki oilaning asosiy demografik, ijtimoiy va iqtisodiy holati haqida ma'lumotlar to‘planadi.
Aholini ro‘yxatga olishning mazmuni va maqsadi. Ro‘yxatga olish jarayoni davomida quyidagi asosiy ma'lumotlar olinadi:
- Fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari (ismi, familiyasi, tug‘ilgan sanasi)
- Yashash joyi va doimiy istiqomat manzili
- Jinsi, millati, til bilish darajasi
- Ta’lim darajasi va kasb-hunari
- Bandlik holati va ish faoliyati
- Oilaviy holat va uy-joy sharoiti. Ushbu ma’lumotlar davlat uchun aholi soni, tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlashga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida davlat siyosatini ishlab chiqish, rejalashtirish va resurslarni taqsimlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi uchun foydasi Aholini ro'yxatga olish natijalari quyidagi yo‘nalishlarda aholi hayotini yaxshilashga xizmat qiladi:
- Ta’lim tizimini rivojlantirish va maktablar, universitetlar sonini rejalashtirish
- Sog‘liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish, tibbiy muassasalar tarmog‘ini kengaytirish
- Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, aholining zaif qatlamlariga ko‘mak berish
- Mehnat bozori va bandlik siyosatini shakllantirish
- Infratuzilma va uy-joy qurilishini samarali rejalashtirish
Axborot xizmati