Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 14,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Xitoyga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,9 ming nafarga yoki 88,5 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xitoyga borgan Oʻzbekiston fuqarolari soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 11 390 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 2 089 nafar
xizmat yuzasidan – 595 nafar
oʻqish – 521 nafar
davolanish – 23 nafar
Axborot xizmati