24/11/2025

2025-yil 24-noyabr kuni Samarqand shahridagi Choʻpon ota qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbir Samarqand viloyati statistika boshqarmasi va ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov hamkorligida tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarga ro‘yxatga olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech