“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2026-yilda mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 629-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar respublika bo‘ylab ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Shu maqsadda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali ishchi-xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda o‘tkazish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berishdi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Axborot xizmati



