18/12/2025

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli  Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15 dan 31-yanvargacha korxona va tashkilotlar, shuningdek, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan muzey ishchi - xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

    Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi vakili Eshonkulov Fazlulloh Narzilloevich ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati hamda mazkur jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

    Ushbu jarayon orqali mamlakatning real demografik va iqtisodiy holati aniqlanib, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini shakllantirishda muhim ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

    Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech